DO’SPANOV O’ROQBOY
DO’SPANOV O’ROQBOY (1938.4.3, Mo’ynoq shahri) — qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), Filologiya fanlari Doktori (1981), professpr (1992). Qoraqalpog’iston davlat pedagogika institutini tugatgan (1960), shu institutda o’qituvchi (1960— 61), O’zbekistan Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi N. Dovqorayev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1961— 81), bo’lim mudiri (1981-92), direktor o’rinbosari (1985-89), Nukus davlat pedagogika institutida kafedra mudiri (1992- 94), dekan (1994 yildan), Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi atamashunoslik qo’mitasi raisining o’rinbosari (1993-94). Ilmiy ishlari qoraqalpoq tilining tarixi, dialektologiyasi, grammatikasi, leksikografiya, lingvogeografiya kabi masalalarga bag’ishlangan. Do’spanov oliy o’quv yurtlari va o’rta maktab o’quvchilari uchun qoraqalpoq tilidan darsliklar muallifi. “Qoraqalpoq tilining imlo lugati” (1980— 90), “Qoraqalpoqcha-ruscha lug’at” (1990), “ruscha-qoraqalpoqcha lug’at” (1995) kabi bir qancha lug’at tuzuvchilaridan biri. As: Qoraqalpoq ismlari, T., 1994; Qoraqalpoq adabiyoti klassiklari asarlari tili, T., 1995.