DO’SMANAG’I TOG’I
DO’SMANAG’I TOG’I – Surxondaryo viloyatidagi tog’. Bobotog’ tizmasining Janub davomi. Balandligi shimolda va Markaziy qismida 670 metrdan ziyod, Janubda qariyb 480 metr. Uzunligi 12-14 kilometr shimoldan Janubi-g’arbga tomon yo’nalgan, Quruqsoy ko’p. Sharqiy yon bag’ri tik. Neogen va paleogenning qumtosh, gil va konglomeratlaridan tashkil topgan. Dag’al mexanik tarkibli to’q bo’z tuproqlarda rang, qo’ng’irbosh, yaltirbosh, shuvoq o’sadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.