DARVISH BO’ZGALA SAMARQANDIY

DARVISH BO’ZGALA SAMARQANDIY (16-asrning oxiri — Samarqand — 17-asrning boshi) — sozanda, xonanda, bastakor. Amir Ali Akbar Samarqandiyning tanikqli shogirdlaridan. Maqom yo’llarida ko’plab savt, amal, peshrav va talqin yaratgan. Darvishali Changiy o’zining musiqa risolasida Darvish Bo’zgalaning yuksak mahorat sohibi ekanligini bir necha bor qayd qiladi.