DYURALYUMINIY

DYURALYUMINIY, duralyuminiy, dyural (nemischa Durek — alyuminiy va qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan birinchi shahar nomidan) — alyuminiyning mis (2,2—5,2%), magniy (0,2—2,7%) va marganes (0,2— 1,0%)li qotishmasi. 500° ga yaqin temperaturagacha qizdirilgandan keyin suvda toblanadi va tabiiy yoki sun’iy tarzda chiniqtirib mustahkamlanadi. Dyuralyuminiy transport va aviatsiya mashinasozligida konstruktsion material sifatida keng ishlatiladi. Dyuralyuminiyning korroziyalanish (zanglash) xossasi yuqori bo’lmaganligi sababli, ulardan tayyorlangan listlarga toza alyuminiyning yupqa qatlami qoplanadi.