DUKCHILIK
DUKCHILIK, yikchilik – DUK (yik) yasash kasbi. Gazlama qo’lda to’qilgan davrlarda bu kasb keng tarqalgan. O’tmishda deyarli barcha shahar va ayrim yirik qishloq bozorlarida Dukchilik do’konlari bo’lgan. Do’konda Dukchi o’z o’g’illari yoki 1-2 xalfa va shogirdi bilan ishlagan. Gazlama fabrikada to’qila boshlagach, Dukchilik kasbi deyarli barham topdi.
O‘xshash so‘zlar
- DUKENTSOY
- DUKIDI-KASHIAS
- DUKIRLAR
- DUKKAK
- DUKKAKDOSHLAR
- DUKKAKLI DON EKINLARI
- DULBEKKO (DULBECCO) RENATO
- DULO


