DUROVLAR

DUROVLAR— tsirk artistlari, masxarabozlar va hayvon o’rgatuvchilar oilasi. Sulola asoschilari: Anatoliy Leonidovich (1864-1916) — mashhur masxarabozsatirik, publitsist, kichik uy hayvonlari bilan ishlagan, uning akasi Vladimir Leonidovich (1863-1934), hayvonlarni o’rgatish sohasida yangi rus maktabi (hayvonlarni jonini og’ritmay, erkalab tarbiyalash) ning asoschisi. Aka-ukalar satirik monologlar ijro etishgan. Ular an’anasining davomchilari Vladimir Leonidovichning qizi Anna Vladimirovna (1900-78), Anatoliy Leonidovichning nabirasi Vladimir Grigorevich (1909 — 1972), Vladimir Leonidovichning nabirasi Yuriy Vladimirovich (1909/10—1971), uning qizi Natalya Yurevna (1934), 1978 yildan V. L. Durov nomidagi hayvonlar teatrining badiiy rahbari. Tsirk mavzusida yaratilgan qissa va hikoyalar muallifi. Shuningdek, Durovlar oilasining boshqa vakillari ham tsirkda ishlashadi.