DONISHMAND HOJIB

DONISHMAND HOJIB (13-asr) Chingizxon va uning vorislari davridagi nufuzli shaxslardan biri. Chingizxonning ko’pgina maxsus topshiriqlarini bajargan. Movarounnahrni mo’g’ullar tomonidan istilo qilinishida muhim rol o’ynagan (masalan, Zarnuqni egallashda, Chingizxon nomidan Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotunning ko’ngliga g’ulg’ula soluvchi, uni xiyonat yo’liga chorlovchi maktubni eltishda va boshqalar). Xorazmshohlar davlati qulagach, saroydagi ayollar mo’g’ul amaldorlariga bo’lib berilgan. Donishmand Hojib. Qutbiddin O’zloqshohning singlisiga uylangan.