DOR UL-FANO

DOR UL-FANO (Arabcha — o’tkinchi uy) — Islom dinida inson yashayotgan dunyo (bu dunyo) “foniy” (o’tkinchi) ekanligini bildiruvchi tushuncha. Unga ko’ra, bu dunyo yaxshi va ezgu amallar, savob ishlar qiladigan joy. Dor ul-fanoda dor ul-baqo uchun tayyorgarlik ko’riladi. Tasavvufda “fano filloh”, ya’ni Alloh yo’lida o’zini foniy hisoblash maqomi qayd etilgan. Bunda bu dunyoga befarq qarash, dunyo lazzatlaridan voz kechish kabi xususiyatlar ko’zda tutiladi. Bu dunyoni Dor ul-fano deb atash 9— 10-asrlarda malomatiylar tariqatida ayniqsa keng rasm bo’lgan.