DENASIONALIZATSIYA
DENASIONALIZATSIYA (de… va natsionalizasiya), reprivitizatsiya — davlat mulk ob’yektlari (zavod, fabrika, bank, yer-suv, uy-joy va boshqalar) ni xususiylashtirish; davlat ixtiyoridagi mulklarni xususiy mulkka aylantirish. Asosan kam foyda beruvchi va zarariga ishlayotgan korxonalar Denasionalizatsiya qilinadi. Bunda davlat ko’p foyda bermaydigan korxonalarni avval milliylashtirib, byudjet mablag’i hisobidan yangi texnika va texnologiya bilan jihozlantirgan va ishlab chiqarishni jonlantirgan holda mulk egalariga qaytaradi. O’zbekistonda mustaqillik yillarida davlat mulkini maxsus dastur asosida xususiylashtirish amalga oshirila boshladi.