DENGIZ ARSLONLARI

DENGIZ ARSLONLARI —quloqli tyulenlar oilasiga mansub 4 urug’ning umumiy nomi. Zalophus urug’ining faqat 1 turi — Kaliforniya, ya’ni shimoliy Dengiz arslonlari (Z. californianus) bor. Tanasining uzunligi 200-250 santimetr, og’irligi 200-300 kilogramm, tumshug’i cho’ziq, rangi qoramtir-kulrang; 3 kenja turga bo’linadi. Jumladan Z. e californicus AQShning tinch okeani sohillarida, Z.e wollebaecki Galapagos orollari yaqinida, Z.e japonicus — Yaponiya Dengiz arslonlari. Uzoq Sharqda tarqalgan. Oxirgi kenja tur xalqaro qizil kitobga kiritilgan (batamom qirilib ketgan bo’lishi mumkin). Dengiz arslonlarining 3 urug’i Janubiy yarim sharda uchraydi. Avstraliya Dengiz arslonlari — N.cinera (Neophoca urug’i) Avstraliya sohillarida, yangi Zelandiya Dengiz arslonlari — Ph. hooked (3hocarctos urug’i) yangi Zelandiya sohillarida; Janubiy Dengiz arslonlari — O. byronia (Otaria urug’i) Janubiy Amerika va Antarktida sohillarida yashaydi. Dengiz arslonlarining soni kam, sanoat ahamiyatiga ega emas.