Mavjud qushlar orasida eng yirigi umuman ucholmaydi. Bu Afrika tuyaqushidir. Uning bo’yi 2,5 metr, og’irligi 135 kilogramm keladi. Bunday qushning havoga ko’tarilishi juda mashaqqatlidir. Uchadigan hqushlar orasida ikkitasining: albatros (tumshug’i uzun katta dengiz qushi) va Kondor (Janubiy Amerikada yashaydigan o’limtikxo’r yirtqich qush)ning qanotlari eng keng yoyiladi. Voyaga yetgan qushlarning og’irligi 13 kilogramm atrofida bo’ladi. Sayohatchi albatros uchadigan qushlar orasida birinchi o’rinda turadi. Ular qanot qoqqanda 3,5 metrdan oshadi. Kondorniki 3,5 metrga yetadi. Undan keyingi o’rinda Janubiy Amerika, Meksika va Markaziy Amerikada yashaydigan shoh qoraqushi turadi. Uning qanotlari silkinganda 3 metrga borib qoladi. Katta qushlarning navbatdagisi oq saqoqushdir (qanotlari 2,5 metrdan oshih yoziladi), u Kanadada va Amerikaning Janubiy shtatlarida yashab, qishda boshqa sohillarga uchib ketadi. G’ozsimon ulkan parranda — katta tuvaloq turnalarga avloddoshdir. U Yevropa, Osiyo va Afrikada yashaydi, qanotlari yoyilganda 2,5 metrdan oshadi. Undan keyingi o’rinni toz va oltin burgutlar egallaydi. Undan so’ng turna (yoyilgan qanotlari bilan hisoblaganda 2 metr). Pushti saqoqush va sor ham taxminan mana shunday kattalikdadir.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
