DIAPIRIZM

DIAPIRIZM (Yunoncha diapeiro — sanchib teshayapman) — plastik cho’kindi tog’ jinslari (tuzlar, gips, gil va sh. k.) ning ular ustida yotgan qattiqroq tog’ jinslariga botib kirish jarayoni. Diapirizm yer po’stida sodir bo’ladigan kuchlanish ta’siridan paydo bo’ladi. Diapirizm natijasida diapir struktura (diapir burma)lar tarkib topadi. Ular bor joylarda neft va gaz konlari mavjud. O’zbekistonda diapir strukturalar Hisor tog’ida ko’p. Diapirizmni o’rganish neft va gaz konlarini izlashda ahamiyatli.