DINOVARIY

DINOVARIY (taxallusi; asl ism-sharifi Abulqosim Abdulloh ibn Abdurahmon) (7-1000, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi haqida ma’lumot, she’rlaridan namunalar Saolibiy tazkirasida uchraydi. Dinovariy qasida, hajviya, vasf, chistoy janrlarida ijod etgan. Vasflarda majoziy iboralar, sifatlash mohirlik bilan ishlatilgan. She’rlarida odob, axloq mavzui ustunlik qiladi, hajvlarida xasislik tanqid qilingan, o’z moddiy ahvolidan, zamona zulmidan shikoyat aks etgan. Ad.: Abdullaev I., Buxoroning arabiynavis shoirlari. T., 1965.