DINOZAVRLAR

DINOZAVRLAR (Dinosauria) — qirilib ketgan sudralib yuruvchilar. Tanasininguz. 20 santimetrdan 30 metrgacha. Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda, jumladan O’rta Osiyo va Qozog’istonda triasbo’r davrlari qatlamlaridan ma’lum. Yura davrida keng tarqalgan, oxirgi Dinozavrlar bo’r davrida (65 million yil oldin) qirilib ketgan. Olimlar ayrim Dinozavrlarning qirilib ketishini global katastrofa (asteroidning tushishi va boshqalar), boshqalari yer yuzida o’simliklar qoplami va iqlimning asta-sekin o’zgarishi (masalan, aridizatsiya — quruqlashishi) yoki ular yashaydigan muhitdagi boshqa noqulay o’zgarishlar bilan bog’lashadi. 600 ga yaqin turi ma’lum. Dinozavrlar 2 turkum: kaltakesaksimon va qushsimon Dinozavrlarga ajratiladi. Ikki turkum ham bir-biridan mustaqil holda har xil psevdozuxiylardan kelib chiqqanligi, ikki oyoqda harakatlanish psevdozuxiylardan ularga o’tganligi taxmin qilinadi. Keyinroq ikki oyokda yurish yirtqich Dinozavrlar va ornitopodlarda kuchaygan, boshqalari (stegozavrlar, zauropodlar, ankilozavrlar, shoxdor Dinozavrlar) da yo’qolib ketgan. Dinozavrlar morfologik va ekologik jihatdan xilma-xil bo’lib, yirtqichlar ajdodidan kelib chiqqan. Qushsimon Dinozavrlar hamda kaltakesaksimon Dinozavrlardan zauropodlar o’simlik bilan oziqlanishga o’tgan va yiroq suv havzalari yoki dengiz sohiliga yaqin joyda yashashga moslashgan. Ornitopodlardan boshqa barcha qushsimon Dinozavrlarda yirtqichlarga qarshi himoya vositalari (stigozavrlar va ankilozavrlarda — ggixlar va suyak qalqonlar, shoxdor Dinozavrlarda — shoxlar) rivojlangan. Dinozavrlar tuxum qo’yib ko’paygan. Ayrim olimlar Dinozavrlar issiq qonli bo’lgan, lekin ularning issiqni saqlaydigan teri qoplami bo’lmaganligini taxmin qilishadi. Turlarining keng tarqalganligi va tez almashinganligi ulardan er qatlamlari yoshini aniqlashda keng foydalanish imkonini beradi.