DIOPSID
DIOPSID (Di… va Yunoncha opsis — ko’rinish) — jins hosil qiluvchi mineral. Monoklin piroksenlar guruhining silikata. Monoklin singoniyali. Kimyoviy formulasi CaMg[Si2O6]. Och yashil, kulrang, shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5,5—6,0. Zichligi 3,3—3,4 g/sm3. Odatda noto’g’ri shaklli kristallar holida piroksenit, peridotit, gabbro, diabaz, diorit, sienit, kontakt skarnlarida va boshqa otqindi va metamorfik jinslarda uchraydi. O’zbekistonning deyarli hamma tog’laridagi intruziv jinslarda bor. Avstriya, Italiya (Alp tog’lari), Shvesiya (Nordmark), AQSh (Konnektikut shtati), RF (Slyudyanka)da ma’lum.