DIOPTRIYA
DIOPTRIYA (Yunoncha dioptra — ichitashini ko’rish) — linzalar yoki sferik ko’zgular optik kuchining birliklar tizimiga kirmaydigan birligi; qisqacha D bilan belgilanadi. Dioptriyada ifodalangan optik kuch m larda ifodalangan bosh fokus masofasining teskari qiymatiga teng. 1 Dioptriya bosh fokus masofasi 1 metr bo’lgan linza yoki sferik ko’zguning optik kuchiga teng. Nurni yig’uvchi linzalar musbat (+), sochuvchi linzalar manfiy (—) Dioptriyali bo’ladi. Ko’zoynaklarning optik kuchi ham D bilan o’lchanadi. Yaqindan ko’ruvchilar uchun D (—) manfiy, uzokdan ko’ruvchilar uchun D (+) musbat ko’zoynaklar tavsiya etiladi. Bunda ko’zoynak linzalarining nur sindirishini anikdab beradigan asbob — dioptrimetrsan foydalaniladi. Dioptrimetr yordamida linzalarning tuzilishi, asosiy astigmatik meridianlari, optik markazi aniqlanadi.