DIORAMA

DIORAMA, diarama (dia… va Yunoncha horama — ko’rinish, manzara) — 1) maxsus yoritiladigan materialga ishlanadigan rasm, tasvir turi; 2) old qismiga turli narsalar, maketlar, odam shakllari qo’yilgan va orqa tomonda yarim doirasimon yuzaga ishlangan kompozitsiya; ta’sirchanlikni oshirish uchun tasvir sun’iy yoritiladi. Yirik Dioramalar maxsus binolarga o’rnatiladi. Dastlabki Diorama Parijda L. Dager tomonidan yaratilgan (1822), 19-asrda keng tarqalgan. “1944 yil 7 mayda Sapungorani shturm qilish” (1959, rassom — P. T. Maltsev; G. I. Marchenko va N. S. Prisekinlar ishtirokida) eng mashhur Dioramalardan. O’zbekistan muzey va ko’rgazmalarida Dioramadan keng foydalaniladi.