DIPLODOK

DIPLODOK (Diplodocus) — qazilma holida topilgan sudralib yuruvchilar urug’i. Dinozavrlar guruhiga kiradi. Shimoliy Amerikaning yura qatlamidan topilgan. Bo’yi 25 metrga yaqin, boshi kichkina, gavdasi kalta, dumi va bo’yni uzun bo’lgan. O’simliklar bilan oziqlangan bir qancha turlari ma’lum.