EGAT
EGAT — plug, kultivator va boshqalar tuproqqa ishlov berish qurollari vositasida ochilgan to’g’ri, uzun ariqcha; jo’yakning bir turi. Egat ekinlarni bir tekisda va qondirib sug’orish uchun ochiladi. Sug’oriladigan dehqonchilik rayonlarida ayrim ekinlarni (masalan, g’o’za) ekish Egat ochish bilan bir vaqtda olib boriladi. Egat haddan tashqari nam joylarda ortiqcha suvni dalalardan chiqarib yuborish uchun ham xizmat qiladi. Pushtasi turli kenglikdagi Egatlar, asosan, tekis yerlarda g’o’za, kartoshka, makkajo’xori, kanop, sabzavotlar va boshqalar qatorlab ekiladigan ekinlar uchun chuqurligi 20-25 santimetr, uzunligi paykal nishabiga qarab olinadi.