EYZENSHTEYN SERGEY MIXAYLOVICH
EYZENSHTEYN SERGEY MIXAYLOVICH [1898.10(22).1, Riga 1948.11.2, Moskva] — rus kinorej., kino nazariyotchisi. RSFSRda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1935). San’atshunoslik Doktori (1939), professor (1937). Sovet va chet el kino san’ati rivojiga ta’sir ko’rsatgan. Faoliyatini Proletkult teatrida boshlagan (1921-24). Kino faoliyatini esa 1924 yildan boshlab, 1925 yil “ish tashlash” nomli birinchi filmini yaratgan. “Potyomkin bronenosesi” filmi (1925) unga Shuhrat keltiradi va bu film jahon kinematografiyasi rivojida katta rol o’ynadi. Keyinchalik “eskilik va yangilik”, “Aleksandr Nevskiy”, “Ivan Grozniy”, “Yashasin, Meksika!” kabi filmlar yaratdi. Katta Farg’ona kanali qurilishini ko’rib, shu haqda badiiy filmni suratga olmoqchi bo’lgan (P.Pavlenko stsenariysi asosida). Kino nazariyasi va tarixiga oid asarlar yaratgan.