EYLBR ULF SVANTE FON

EYLBR ULF SVANTE FON (1905.7.2, Stokgolm 1983.8.3,) shved fiziologi. Stokgolmdagi Karolin institutini tugatgan (1929), farmakologiya kafedrasi assistenti (1930 yildan), fiziologiya professor (1939 yildan). U ichak to’qimasida “R substantsiya” nomli biologik faol modda kashf etgan. Ilmiy faoliyati adrenergik nerv oxirlarining fiziologiyasiga bag’ishlangan. Eylbr noradrenalin simpatik nerv sistemasining mediatori ekanligini aniqladi va uning fiziologik va patologik holatlardagi almashinuvini o’rgandi. U prostaglandinlarni ham kashf etib, ularning organizmdagi ahamiyatini tekshirdi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1973), Nobel mukofoti laureati (1970; hamkorlikda).