EKVADORLAR
EKVADORLAR — xalq, Ekvadorning asosiy aholisi (6,6 million kishi). Umumiy soni 6,73 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ekvadorlarning asosiy qismini ispanindeys metislari va indeyslar (asosan, kechua), qolgan qismi oq tanlilar (Yevropadan ko’chib kelganlar), mulatlar, negrlar, sambolar tashkil etadi. Ispan tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan.
O‘xshash so‘zlar
- EKVATOR
- EKVATORIAL GVINEYA
- EKVATORIAL IRQ
- EKVATORIAL MINTAQA
- EKVIVALENT
- EKVIVALENT TENGLAMA
- EKVIVALENTLIK
- EKZEMA


