ESHKAK

ESHKAK — qayiq va kemalarni harakatga keltirish va boshqarish uchun xizmat qiladigan qurak yoki mexanizm. Qayiq Eshkaklari uzun dastali yog’och kurakdan iborat. Qayiqning katta-kichikligiga qarab, uni bir (tikka turib yoki o’tirib), ikki, to’rt, olti, sakkiz va hokazo. Eshkak bilan harakatlantirish mumkin. Bunday Eshkak qadimdan ma’lum. Ulardan jangovar kemalarda ham foydalanilgan (masalan, Yunoniston, Karfagen, Rim, Finikiya va boshqalar). Rossiyada Eshkakli kemalar harbiy-dengiz flotining ajralmas qismi bo’lgan (18-19-asrlar). Oxirgi marta Eshkakli rus floti 1828-29 yillardagi rusturkurushida qatnashgan. Hozir ham istirohat bog’laridagi sayr qayiqlarida, sport qayiqlarida Eshkak ishlatiladi. Eshkakning g’ildirak shaklidagi xili (Eshkak g’ildirak) ham bor. Bunday Eshkaklar 18-asrda bug’mashinasi yaratilganidan so’ng paydo bo’lgan kemalarda ishlatilgan. Doira bo’ylab joylashtirilgan va burilish mexanizmi (ekstsentrik) bilan tortqilar yordamida sharnirli biriktirilgan to’g’ri to’rtburchak parrakdan iborat. Bunday Eshkak kemaning o’rta yoki quyruq qismiga ko’ndalangiga o’rnatiladi, uni bug’dvigateli harakatga keltiradi. Eng keng tarqalgan zamonaviy Eshkak harakatlantirgich Eshkak Vin-t deb ataladi. U valga o’rnatilgan gupchakdan iborat. Gupchakdan bir-biridan bir xil masofada o’qqa nisbatan ma’lum burchak ostida o’rnatilgan parraklar bor. Bunday Eshkakning yaxlit parrakli, gupchak bilan birga quyilgan va shtamplangan; parraklari olinadigan turlari bor. Eshkak latun, bronza, cho’yan, po’lat, plastmassadan tayyorlanadi. Zamonaviy kemalarda asosan shunday Eshkaklar ishlatiladi. Ularni ham ichki yonuv dvigateli, bug’turbinasi va boshqalar harakatlantiradi.