ESHKAK BURUNLILAR
ESHKAK BURUNLILAR — osyotrsimonlar (bakrabaliqlar) turkumiga mansub baliqlar oilasi. Terisi yalang’och yoki mayda suyak tangachalar bilan qoplangan. Tumshug’i keng, yassi va uzun, eshkaksimon yoki qilichsimon shaklda. Jag’larida juda ko’p mayda tishlari bor. 2 urug’i, har qaysi urug’ida 1 tadan turi ma’lum. Amerika eshkakburuni shim. Amerika materigida, jumladan Missisipi va AQShning Janub daryolarida, yeri ko’lida tarqalgan. Uzunligi 2 metrgacha, vazni 75 kilogrammgacha. Bentosdagi chuvalchanglar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va suv o’tlar bilan oziqlanadi. Mart — iyunda ko’payadi. Soni kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. 17 (yoki 10) ta urug’i va 400 dan ortiq turi bor. Markaziy va Janubiy Afrika, Madagaskar, Janubiy Sharqiy Osiyo va zond orollarida tarqalgan. Ko’pchiligi daraxtda hayot kechiradi. Haqiqiy Eshkak burunlilar urug’i 130 ga yaqin turni o’z ichiga oladi; ayrim turlari (masalan, Yava va Sumatra orollaridagi uchar baqalar) 12 metrgacha uzoqlikka parvoz qiladi.