EFIOPLAR
EFIOPLAR, itioplar, itoplar (Yunoncha anxiopz — quyoshda qoraygan), habashlar — 1) qadimda — Misrdan Janubda, Nubiya va hozirgi Efiopiya hududida yashagan aholi nomi; 2) Efiopiya aholisining umumiy nomlanishi. Umumiy soni 52 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Amxara tilida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar, sunniy musulmonlar; bir qismi iudaizmt e’tiqod qiladi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Janubiy Arabistondan Efiopiyaga ayrim Arab qabilalari bir necha marta ko’chib kelib kushit tillarida so’zlashuvchi mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Efioplarning asosiy etnik komponentini amxara, gurage, qisman galla, tigraylar, Efiopiyaning Markaziy qismida esa agau, Kaffa, uolamo va boshqalar xalqlar tashkil qiladi. Ushbu xalqlar negizida efiop millatining shakllanish jarayoni bormoqda. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, chorvachilik.