EKZOSFERA
EKZOSFERA (ekzo… va sfera) — atmosferaning eng siyrak tashqi qatlami. Ekzosferada zarralarning erkin yugurish yo’li kosmik fazoga uchib keta oladigan darajada katta bo’ladi. Ekzosferadagi “havo”ning massasi 10_sh atmosfera massasiga yaqin. Yengil gazlar (vodorod N, geliy ne) eng tez uchib ketadi. Ekzosfera 450-800 kilometr balandlikda boshlanib, uning yuqori chegarasi Yer sirtidan bir necha ming kilometr balandlikkacha boradi. Bu balandlikda zarralar kontsentrasiyasi kosmik fazodagidek. Ekzosfera ionlashgan gaz (plazma) dan iborat bo’ladi; uning boshlanishida zaryadlangan va neytral zarralar soni taxminan teng; Ekzosferaning yuqori yarmida havo deyarli to’liq ionlashgan bo’ladi. Ekzosferaning pastki va o’rta qismlari, asosan, kislorod o va vodorod N atomlaridan iborat; balandlik ortishi bilan yengil gazlarning nisbiy kontsentrasiyasi (ayniqsa, ionlashgan vodorodniki) tez ortib boradi. Ekzosferaning gazokinetik temperaturasi 1500— 3000 K ga teng. Ekzosferada, asosan, yerning radiatsion mintaqasi joylashgan.