EKONOMAYZER
EKONOMAYZER (inglizcha saqlash) — 1) bug’ qozoniga beriladigan sovuq suvni qozondan chiqib ketayotgan gazlar issikligi bilan oldindan isitib beradigan issiqlik almashgich qurilma. Suv qaynaydigan va qaynamaydigan turlarga bo’linadi. Pastroq (2,5 MPa gacha) bosimga mo’ljallangan Ekonomayzer cho’yandan qovurg’ali qilib yasaladi, undan yuqori bosimga mo’ljallangani esa po’lat trubalardan to’g’ri qilib tayyorlanadi; 2) ichki yonuv dvigateli karbyuratoridagi moslama. Drosselli qopqoq (zaslonka) to’liq ochilganda yoki uning shunga yaqin vaziyatida yonuvchi aralashmani boyitish (yonuvchi aralashma tarkibidagi yonilg’i-havo nisbatini o’zgartirish, ya’ni yonilg’ini ko’proq, havoni kamroq kiritish) uchun xizmat qiladi.