Qadimgi Misr libosi

Misr dunyo tarixida eng qadimgi davlat sanaladi. Ushbu mamlakat insoniyatning eng qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lib, uning tarixi quyidagi davrlarga bo’lib o‘rganiladi:
a) qadimgi podshohlik (mil. avv. 3000-2400 yy);

b) o‘rta podshohlik (mil. avv. 2400-1710 yy.);

v) yangi podshohlik (mil. avv. 1580-1090 yy.).

Qadimgi misrliklar asosan dehqonchilik, yilqichilik va hunarmandchilik (kulollik, zargarlik, to’quvchilik, shisha ishlab chiqarish) bilan shug‘ullanishgan. Qadimgi Misr turli tabaqalar, ya’ni quldorlar, shaharliklar (hunarmandlar va mirzalar), ozod qullar va qullardan iborat edi.

Miloddan avvalgi uch ming yillikning boshida Qadimiy Misr yirik quldorlik davlati bo‘lib, uni cheksiz hukmronlikka ega bo‘lgan fir’avn boshqargan. Misrliklar fir’avnni xudoning yerdagi soyasi, deya sig’inishgan. Ayniqsa, din ruhoniylari bo’lmish kohinlarning fir’avnning cheksiz huquqlarini himoya qilib turishlari ijtimoiy tengsiziik va zulmga imkon yaratgan.

Qadimda misrliklar nechog‘liq boy tabiiy va madaniy boyliklarga ega bo’lib, ularni o‘zlashtirgan bo’lmasinlar, ular tabiat hodisalari oldida ojiz edilar. Bu holat ularning tabiat kuchlariga sig’inishlariga olib kelgandi. Odamlar quyoshga, yerga, oyga, suvga, hatto hayvonlar (xiisiisnn timsoh, chiyabo‘ri, sigir, kalxat, ilon va b.ga), o‘simliklarga sig’inishgan. Bin mamlakat hayotining turli tomonlariga o‘z ta’sirini o’tkazib kelgan. Xususan, san’atda u alohida o‘rin tutgan. Ilohiylashtirilgan narsalarda ma’lum bir ramziy, shartli ma’no yetakchilik qilgan. Xususan, ilon saltanat ramzi bo‘lsa, moviy nilufar abadiylik va serhosillik timsoli hisoblangan.

Qadimgi Misr san’atida inson tasviri o‘ta shartli xarakterda ifodalangan. Devoriy tasvirlar, haykallarda ularning qomati va harakatlari ma’lum bir mezonlar asosida tasvirlangan. Ularning holatlari va harakatlari shartli xarakterga ega. Shakl va hajmda ijtimoiy kelib chiqishiga katta e’tibor berilgan.

Qadimiy Misr haykallari, devoriy suratlari ushbu davlat madaniyati, xususan, uning nafosat va go‘zallik haqidagi qarashlari haqida katta ma’lumot beradi. Qat’iylik va shartlilik ortida qadimgi misrliklarning estetik ideali belgilari ko‘zga tashlanadi. Bular – baland bo‘y, keng yelkalar, tor bel va bo‘ksa, katta-katta yuz belgilari. Ayniqsa, Qadimiy Misrda ayollar go‘zalligi haqidagi qarashlarning zamonaviy qarashlar bilan hamohangligi e’tiborni tortadi. O‘sha davrda ham tikqomat, yuzdagi belgilarning aniqligi va nozikligi, bodomko’zlar qadrlangan.

Matolar, rang va bezaklar. Ma’lumki, qadimdan Misr zig’ir vatani hisoblanadi. Bunga sabab Nil daryosi bo‘ylarining zig‘irni yetishtirish uchun tabiiy qulay sharoitidir. Zig‘ir tolalaridan mato to‘qishda misrliklar katta mahoratga ega bo’lganlar. Saqlangan mato namunalari Misr to‘quvchilari mahoratidan dalolat beradi. Quyidagi dalil ular erishgan natijalar haqida aniq tasavvur beradi. Ushbu davrda tayyorlangan matoning 1 sm kvadrat 84 tanda va 60 arqoq iplari o’tkazilgan. 240 metr uzunlikdagi ko‘z deyarli ilg‘amaydigan ip bor yo‘g‘i 1 grammni tashkil qilgan. To‘quvchi bunday ipni faqat barmoqlari orqali sezgan. Misrning zig‘ir tolalaridan tayyorlangan mato o‘zining nafisligi bilan tabiiy ipak matolaridan qolishmagan. Ushbu matodan besh qavat qilib kiyim tikilganda ham undan inson tanasi aniq ko‘rinib turgan. Matoning fakturasi ham har xil bo‘lgan. Ayniqsa, yangi podshohlik davridagi gazmollar fakturasi e’tiborli. Setkasimon qilib to‘qilgan gazmollar oltin iplar va undan tayyorlangan turli shakllardagi bezaklar, yaltiroq munchoqlar, turli kashtalar bilan bezaklangan. Bu davrda shuningdek, to‘rsimon matolar e’tiborda bo‘lgan. Oq va oq matoning turli ko‘rinishlari, ayniqsa, urf bo‘lgan. Shuningdek, gulli matolar ham ishlab chiqarilgan. Bunda oq yoki to‘q rangli asosga ko’k, havorang, jigarrang, sariq, yashil rangli tasvirlar tushurish urf bo‘lgan. Qora rang motam ramzi bo’lmagan.

Matolarning butun yuzasiga geometrik shakllar (yo‘l-yo‘1, to‘lqinsimon chiziqlar) tasviri tushirilgan. Ular atrofi gullar, xususan, nilufar gulining bargi va umumiy ko’rinishi, palma, qamish, turli o‘simliklar barglari bilan bezashgan. Zodaganlar kiyimlari hayvonlar tasviri, xususan, ko‘zoynakli ilon – ureus, go‘ng qo‘ng‘izi, qanotlarini yozib turgan lochin kabilar bilan bezalgan.

Marosim liboslari uchun zig‘ir matolardan tashqari teri va mo’ynadan ham foydalanilgan.

Liboslarning asosiy turlari va shakllari

Qadimiy Misr liboslarining shaklida taxlama (drapirovka) asosiy o‘rin tutadi. Burmalar kiyimning asosan old tomonida bo‘lib, libosning orqa qismi yengil burmalanib, tanaga yopishib turgan. Kiyimning orqa qismi uzaytirilmagan.

Qadimiy imperiya davrida erkaklar asosan «sxenti», ya’ni peshband kiyganlar. Sxentilar shaklan to’rtburchak, yoki trapetsiyasimon bo‘lib, turli xil o’lchamlarda bo’lgan. Sxenti belga ingichka charm belbog’i bilan bog‘lab, mahkamlab qo‘yilgan. Sxentining ustidan yoki tananing ustidan to’rtburchak shaklidagi peshband kiyilgan.

Ayollar libosi tananing ko‘krak qismidan to boldirgacha qismini bekitib turadigan chodirsimon matodan iborat bo‘lib, u bir yoki ikki tasma ila yelkadan o’tkazilib kiyilgan. Kalaziris deb ataluvchi ushbu sarafanni eslatuvchi kiyim ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, u xoh malika bo‘lsin, xoh kanizak, barcha ayollar uchun bir xil shaklda bo’lgan. Ayollar kiyimi faqat matoning sifati va qimmati bilan farqlangan. O‘rta podshohlik davriga kelib Misr ayolining libosida o’zgarish sodir bo‘la boshladi. U biroz murakkablashib, hajmi bir necha qavat kiyilgan kiyimlar hisobiga kattalashdi. Kiyimning silueti pastga tomon kengayib, piramidalar shaklini ola boshladi. Plisselar, ya’ni mayda taxlamalar keng qo’llanila boshladi.

Erkaklar libosi bir necha qavat qilib kiyiladigan sxentilardan iborat bo‘lib, ular ustma-ust kiyilgan.

Ayollar libosi katta o‘zgarishlarga uchramagan. Faqat aslzoda ayollar liboslarida bezaklar turi ko’paygan. Kiyimlar insonlarning ijtimoiy kelib chiqishini bildirib turgan, ya’ni tabaqalarga ko‘ra farq qilgan. Agar boylar zig‘ir tolali matolardan tikilgan kiyimlami kiyishgan bo‘lsa, qullarning kiyimi dag‘al teridan qilingan. Eng yuqori tabaqa kishilar, xususan, fir’avn, vazirlar, kohinlar, yirik yersuv egalarining kiyimi angina bezaklangan. O‘rta podshohlik davriga kelibgina misrliklar kiyimlarining shakli birmuncha o‘zgargan. Natijada u bir paytning o’zida ustma-ust kiyiladigan bir necha kiyimlar ko‘rinishiga kelgan. Kiyim silueti etakka tomon kengayib, piramidasimon ko‘rinishga keldi. Plessirovkalar keng qo‘llaniladigan bo‘ldi. Erkaklar kiyimi bir necha yupqa sxentilardan iborat bo‘lib, ustma-ust kiyilgan. Ayollar kiyimi ko‘rinishini unchalik o ‘zgartirmadi. Faqatgina zodagon ayollar liboslarini bezash yanada ko‘paydi. Kiyim kompozitsiyasida qoracha rangli terining mato ostidan aniq ko‘rinib turishiga ahamiyat berildi. Yoqa o‘rnida yelkani yopib turuvchi turi shisha munchoq va qimmatbaho toshlar bilan bezaklangan bezak urfga aylangan.

Yangi podshohlik davrida (mil. avv. 1580-1090 yy.) kiyimlarda sinfiy tafovut yanada ko’proq sezila boshladi. Aslzodalaming kiyimlariga ishlatiladigan matolar o‘zining harirligi, bezakdorligi, bezakda tilladan foydalanilishi bilan farqlanadi. Ushbu matolar asosan ip va zig‘irdan tayyorlangan. Sidonlik qul ayollar bo‘yalgan matolarni kashtalar bilan bezaganlar. Ushbu matolardan tikiladigan kiyimlaming tikilishiga serburmalilik xos bo‘lib, ularda plisselardan ko‘p foydalanilgan. Plisselar kiyimning butun bo‘yi barobar qo’llanila boshlagan. Biroq misrliklar plisselami bir necha joydan mahkamlab qo‘yganliklari sababli harakatga monelik qilgan.

Kiyimlar shaklan katta o‘zgarishga uchramagan. Hatto o‘ta burmalangan kiyimlarda ham tanaga mos bichim berishga intilish seziladi. Bunday bichimdagi kiyimlar erkin harakatga birmuncha xalaqit bergani sabab odamlar yurayotganda harakatlar yo‘rgaklangandek taassurot uyg‘otadi.

Bu davrda erkak va ayollar kiyimi bir-biriga birmuncha o‘xshash. Erkaklar kiyimi plissirovka qilingan yubka va yopinchiqdan iborat. Turli bezak va qimmatbaho toshlar va maijonlar bilan bezaklangan katta doira shakldagi yoqalarni nafaqat fir’avn va uning oila a’zolari, shuningdek zodagon xonadonlar vakillari ham kiya boshlaganlar. Marosim kiyimlarida sxenti, uch burchakli peshband saqlangan. Quyi qatlam kiyimi oddiyligicha qolgan. Ayollar ko’ylagi kalaziris saqlanib qolgan.

Misrliklar Suriyani bosib olgach, kiyinish madaniyatida birmuncha o’zgarish ko‘zga tashlanadi. Xususan, Suriyadan yopinchiq, plash-naramnik kirib keldi. Uni nafaqat erkaklar, shuningdek ayollar ham kiya boshlaganlar. U to‘rtburchak shakldagi matoni ikkiga buklanib, ikki yoni tikilgan, boshning kirib chiqishi uchun bo‘yni kesilgan uzun kiyim edi. Ayollar charmli peshband va ko’krakpech kiyishgan.

Oqinlar an’anaviy kiyimlami, xususan sxentini saqlab qoldilar. Uchburchak old peshband ustidan bir yelkaga sher terisi tashlab olingan. Harbiylar peshband va teridan ko’krakband kiyishgan. Qishloq va shahar kambag‘allarining kiyimida o‘zgarish kuzatilmaydi.

Bezaklar, bosh kiyimlar, soch turmagi, poyabzal va ulardagi bezak elementlari. Qadimiy devoriy suratlar – freskalarda misrliklar asosan oyoqyalang tasvirlangan. Palma barglari, papirus, galda teridan qilingan sandallarni fir’avn, shuningdek uning atrofidagilargina kiyishgan. Sandallar oddiy ko’rinishda bo’lib, ular qo’njsiz va to’piqsiz, tagi yuqoriga buklab ko‘tarilgan, bir necha ensiz tasmalardan iborat bo’lgan. Tagcharmlarga turli xil maishiy va harbiy ko’rinishlar timsoli chizilgan. Misrliklar poyabzali oddiy shaklda bo’lib, u charm yoxud qamishdan ishlangan shippak ko’rinishida edi.

Misrliklar libosida taqinchoqlar, xususan, qo’l va oyoq bilakuzuklari, uzuklar, maijonlar, sirg’alar, tillaqoshlar va boshqalar alohida o‘rin tutadi. Yuqori tabaqaga mansub kishilar qimmatbaho metalldan yasalib, toshlar bilan bezaklangan zargarlik buyumlari taqqan bo’lsa, quyi tabaqa vakillari pasta va sirlangan loydan yasalgan bezaklarni taqib yurishgan.

Bosh kiyimlar shakli turlicha bo’lib, ular egasining ijtimoiy kelib chiqishini bildirib turgan. Qadimgi davidagi fir’avnlaming bosh kiyimi old tomonida hukmdorlik ramzi – ko’zoynakli ilon ila bezaklangan toj va ikki qavatli yo‘l-yo‘l (ko‘k va sariq, oltin rang), uch burchak tarzida buklangan katta ro‘mol shaklida bo’lgan.

Fir’avnning ayoli koshun yoki nilufar guli ramzi tushurilgan qalpoqcha kiygan. Kohinlar marosim paytida timsoh, lochin, ho‘kiz tasviri tushurilgan niqoblar kiyishgan.

Ayollar ham, erkaklar ham o‘simlik tolasi yoxud echki yungidan qilingan pariklar taqishgan. Zodagonlan. pariklari mayda soch o‘rimlari yoki eshilgan arqon shaklidagi soch o‘rimlaridan iborat bo’lgan. Qullar va dehqonlar kichik pariklar yoki zig‘ir matosidan qalpoqlar kiyishgan. Erkaklar soqollarini qirib yurishgan. Odatda ular echki yungidan tayyorlangan sun’iy soqolni lak bilan qotirib, metal iplar ila o‘rab taqib yurishgan. Fir’avnning qudrati kub yoki uchburchak shaklidagi oltin soqol bo‘lgan. Soqol bog‘ichlar yordamida zamonaviy ko‘zoynaklardagi singari dujka yordamida quloqqa mahkamlangan.

Ayollar yuziga pushti-qizil yog‘ upa surtib, kiprik va qoshlarini qoraga bo’yashgan bo’lsa, erkaklar kipriklarini yashil rangga bo’yaganlar. Qo‘l va oyoq timoqlari maxsus o’simlik – xina bilan qizg’ish sariq rangga bo‘yalgan. Misr liboslari galda boshqa xalqlar madaniyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, uning elementlari qator xalqlar liboslarida bo’y ko’rsatgan.