YITS

YITS, Yets, Eyts (Ueatx) Uilyam Batder (1865.13.6, Dublin – 1939. 28.1, Rok-Bryun) — irland shoiri, dramaturg. Sim-volizm namoyandasi. 19-asr 90-yillaridagi “irland uyg’onish davri” madaniy harakatining tashabbuskori. Dastlabki she’riy to’plami — “Ossian sayohatlari” (1889). Ushbu kitobda shu nomli Doston asosiy o’rin egallaydi. U irland xalq afsonalariga, xadqning poetik ijodiga asoslangan. Fuqarolik lirikasi ruhidagi “kelt oqshomlari” (1893), “Mas’uliyat” she’riy to’plamlari (1916), vatanparvarlik ruhidagi “Xulien qizi — Ketlin” pesasi (1902) va yapon teatri (noo) an’analari asosida yozilgan pyesalari bor. Nobel mukofoti laureati (1923).