KIKBOKSING
KIKBOKSING (inglizcha ki – tepmoq, Osts — boks) — Sport turi. ikki sportchining zaruriy himoya vositalarini gaqqan (kiygan) holla belgilangan qoidalar asosila boks ringida yoki o’lchami 6×6 metr maydon (Tatami)da g’oliblik uchun kurashi. Kikboksing musobaqalari zarba berish bilan farqlanadigan 9 yo’nalshida o’tkaziladi. Ringda o’tadigan musobaqalarda erkaklar 53,5′, 56,5, 60,’64,5 67, 70, 72,5, 76, 82, 88,5 kilogrammdan ziyod, ayollar 53.5, 58, 64,5 kilogramm va 64.5 kilogrammdan ziyod, tatamida o’tadigan musobaqalarda erkaklar 60, 65, 70, 75, 80, 85 kilogramm va 85 kilogrammdan ziyod, ayollar 50, 55, 60, 65, 70 kilogramm va 70 kilogrammdan ziyod vazn toifalarida kuch sinashadilar. Musobaqa 2 minutdan 3 bo’lim (raund) davom etadi (tanaffus 1 minutdan). Raqibga berilgan zarbalar 1, 2 va 3 ochko bilan baholanadi. Kikboksingda ham hakamlar tomonidan nokdaun VI nokaut qayd qilinadi. G’olib to’plagan ochkolariga qarab aniqlanali. Hisob tsngligi holatida oyoq bilan ko’proq zarba bergan g’olib farqlanadi. Agar bu zarbalarning soni ham teng bo’lsa, unda oyoq bilan murakkab zarba bergan sportchi g’olib hisoblanadi. Zamonaviy Kikboksing mashqlari qadimdan harbiy mashg’ulotlarning tarkibiy qismi bo’lib kelgan. Qadimgi Olimpiada o’yinlarida ham Kikboksingga o’xshash musobaqalar (miloddan avvalgi 688 yildan qo’l jangi, miloddan avvalgi 648 yildan pankration) bo’lgan. Yevropaning ayrim mamlakatlarida, xususan Buyuk Britaniyada 18-asrning 2-yarmiga kelib yakkakurash musobaqalari qoidalariga o’zgartirish kiritilib (“Kuinsbern qoidalari”, 1872), oyoq bilan beriladigan zarbalar butunlay taqiqlangan. 20-asrning 50-yillaridan Sharq yakkakurashlarining Yevropa va Amerikada ommalashishi Kikboksingni sport turi sifatida shakllantirdi. 1974 yilda Yevropa va AQSh Sharq yakkakurashi ustalari o’rtasida ilk Kikboksing musobaqasi tashkil etildi va o’sha yili Los-Anjelesda erkaklar o’rtasida 1-jahon chempionati o’tkazildi (ayollar o’rtasida 1985 yildan). 1977 yilda jahon Kikboksing tashkilotlari assotsiasiyasi (Uako) tuzildi, shu assotsiasiya zaminida 2004 yilda Jahon Kikboksing federatsiyasi (\¥KG’) tashkil topdi, unga 50 dan ziyod davlat (O’zbekiston 2004 yildan) a’zo (2005). Kikboksingning rivojlanishiga Bryus Li, Chak Norris, Bill Uolles, Domenik Valera, Don Vilson, Benni Urkides kabi kino va sport yulduzlari katta hissa qo’shishdi. Kikboksing AQSh, Gollandiya, Rossiya, Ukraina, Xorvatiya, Eron, O’zbekiston kabi davlatlarda keng rivojlangan. O’zbekistonda Kikboksing 20-asrning 90-yillaridan ommalashdi. 1994 yilda Toshkentda ilk Kikboksing klubi ochildi. 1998 yilda O’zbekiston Kikboksing federatsiyasi tuzildi. 1991 yildan erkaklar (2003 yildan ayollar) o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazilyapti. Shokir Zokirov, Botir Zokirov, Sardor Toshxo’jayev, Adham Hakmov, Ravshan G’afurov, Davron Qodirov kabi murabbiylar qo’l ostida shug’ullangan Olmos Yusupov, Alisher Abdullaev, Dilnoza Arzimatova, Sunnat Ilyosov, Temur Muhammadjonov, Mamat To’xtamishov, Shavkat O’roqov jahon chempioni bo’lishdi, ko’p sportchilar jahon va Osiyo chempionatlarida sovrinli o’rinlarni egallashdi. G’ulom Saydiahmetov, Aziz To’xtamishov, Xudoyor Ernazarov kabi hakamlar xalqaro musobaqalarni boshqarishyapti. Hozirgi kunda mamlakatda 100 dan ziyod murabbiyga Kikboksing mashg’ulotlarini olib borish uchun litsenziya berilgan. 136 ta Kikboksing klubi ro’yxatga olingan, ularda 30 mingdan ziyod kishi (1000 ga yaqini ayol) shug’ullanadi (2005). Asror Mo’minov.