KO’KEL QABRISTONI
KO’KEL QABRISTONI – hunlarga oid arxeologi yodgorlik (miloddan avvalgi 1-milodiy 2-asrlar). Tuva Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) dagi Xemchik daryosi havzasida, ishkin-arazi tog’i yon bag’rida joylashgan. L.P.Potapov (1959-66) tadqiq etgan. 500 ga yaqin qabr tekshirilgan. Dafn inshootlari turlicha qurg’on-qabristonlar shayu1ida bo’lgan. Mozorqo’rg’onning tagida ba’zan 100 dan ziyod qabr joylashgan, shuningdek toshdan bunyod etilgan qo’rg’onlar, oddiy qabrlar va boshqalar topilgan. Dafn marosimlarida ham o’zgarishlar yuz bergan: o’tmish davriga xos bo’lgan yog’och devorli qabrlar o’rniga endilikda yog’och tobutlar paydo bo’lgan, mayyitlar bukchaytirib emas, Chalqancha, boshi, asosan. shimoli- g’arbga qilib yotqizilgan. Dafi marosimlarining gurlichaligi aholining etnik tarkibi murakkab bo’lganini ko’rsatadi. Bunga qabrlardan topilgan odam shaklidagi yog’och haykalchalar – sanamlar misol bo’ladi. Bularturli jismoniy qiyofaga — ham yevropeoid, ham mongoloid, ba’zan aralash irqqa mansub bo’lishgap. Ko’kel qabristodan juda ko’p qurol-aslaha, maishiy va bezak buyumlari ham topilgan.