Romantizm nima?
Ushbu uslubni 1810 yildan 1876 yil oralig’ida kechgan davr bilan sanalashtirish mumkin. Aynan shu davrda Londondagi parlament binosi qurilgan edi. Ba’zida mazkur uslubni neogotika deb ham atashadi. Boshqa uslublardan farqli o’laroq romantizm me’morchilikka aytarli ta’sir o’tkaza olmadi. Romantik uslub rassomchilikda, musiqada, adabiyotda, shuningdek bog’-bo’ston me’morchiligida namoyon buladi. Mazkur uslubning asosiy xususiyati — o’tmish yoki dorulbaqo timsollari bilan birlashib ketgan orzu-umid to’la ko’tarinkilik. Asotiriy va majoziy timsollardan keng foydalanish ham shundan. Me’morlar romantik bog’lar va tomoshabog’larda yovvoyi tabiatga taqlid qilishadi, turli vayronalar, mag’orlar, g’orlar, hattoki yolg’ondakam qabrlar yaratadilar. Rassomchilikda mumtoz uslubni suvrat syujetining munazzamligiga ko’ra oson aniqlash mumkin. Goyya, Delakrua singari musavvirlar tomoshabinning ishtirokdosh bo’lmog’iga erishish maqsadida urushlar, inqiloblar yoki tabiatdagi halokatlar kabi hammaga tanish voqealarga murojaat etadilar. Ko’plab polotnolar suvratlarda oyning nimjon yog’dusiga yoxud momaqaldiroqning junbushiga chulg’angan mozorlar, vayronalar, fantastik-aqldan tashqari manzaralar tasviri namoyon bo’ladi. Bosh qahramon odatda yorqin bo’yoqlar bilan ajratib ko’rsatiladi, suvrat sarhadining qolgan butun qismi esa atayin xiralashtiriladi. Eng mashhur romantik rassomlardan Konstebl va Ternerni tilga olib o’tish mumkin. Gyote, Shiller, Viktor Gyugo, Myusse, Sharlotta va Emiliya Brontelar romantizmning adabiyotdagi namoyandalari edi.