TABIAT YODGORLIKLARI

TABIAT YODGORLIKLARI – jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor ob’yektlar: g’orlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, geyzerlar, buloqlar, ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar. Tabiat yodgorliklaridan ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. O’zbekistonda bunday Tabiat yodgorliklaridan juda ko’p: qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan Teshiktosh g’ori, Sayrob, Boysun, Xo’jakentdagi qad. chinorlar, Qo’ytosh, Qirqqiz, Odamtosh, Xo’jakentdagi qoyatoshlarga chizilgan rasmlar shular jumlasidandir. Mamlakatda 400 dan ziyod Tabiat yodgorliklari ro’yxatga olingan. Tabiat yodgorliklari davlat tomonidan qo’riqlanadi.