ERATEMA
ERATEMA — umumiy stratigrafik shkalaning bo’limi, eonotemaga bo’ysunadi va sistemalarga bo’linadi. “Eratema” termini 1966 yil amerikalik geolog X. Xedberg tomonidan kiritilgan. Eratema litosfera (ma’lum bir holatda atmosfera va gidrosfera) va organik dunyo rivojlanishining katta etapini aks ettiradi. Har bir Eratema uch yoki undan ortiq sistemaga bo’linadi. Umumiy qabul qilingan fanerozoy Eratemalari: kaynozoy, mezozoy, paleozoy hisoblanadi.