TAVHID
TAVHID (Arabcha — yakkaxudolik) — umumiy ma’noda — yakkaxudolik haqidagi ta’limot. Shar’iy istiloxda esa, Tavhid — Islomda Allohga shirk keltirishning turli ko’rinishlaridan voz kechish va Allohning birligiga e’tiqod qilish. Tavhid Islomda (sunniylikda ham, shialikda ham) rasman e’tirof etilgan aqidalarning birinchisi, mohiyatan, asosiy va Markaziy aqida. Mazmunan shunday tasavvurni ifoda etgani uchun Qur’onning 112 “Ixlos” surasi ham ba’zan Tavhid surasi deb yuritiladi.