TAKALISOY G’ORI

TAKALISOY G’ORI — muste davriga oid g’or (miloddan avvalgi 40—30-ming yillik). Samarqanddan 50 kilometr Janubi Sharqda, Taxtaqoracha dovonida joylashgan. Arxeolog D.N.Lev tekshirgan (1951). Takalisoy g’orining uzunligi 25 metr, kirish qismining balandligi 2 metr. Kiraverishda 9 metr kvadrat maydonchaning qora tuproqli loy qatlami orasidan (25-40 santimetr chuqurlikda) suyak parchalari, ko’mir qoldig’i, 3 dona uzunchoq oq tosh parrakchasi va bir qancha tosh siniqlari topilgan.