TASMAN DENGIZI

TASMAN DENGIZI — tinch okeanning chekka dengizi. G’arbdan Avstraliya bilan Tasmaniya oroli, sharqdan Yangi Zelandiya, Norfolk va yangi Kaledoniya orollari o’rab turadi. Maydoni 3336 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 6015 metr. Suvining temperaturasi yuza qismida Fevralda shimolda — 27°dan Janubda 14-15°gacha, avgust oyida shimolda 23°dan Janubda 9-11°. Sho’rligi 35-35,5%o. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (5,3 metrgacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Sidney, Brisben, Nyukasl, Oklend, NyuPlimut. Dengiz sayyox. A. Tasman nomi bilan atalgan.