ENG SODDA HAYVONLAR

ENG SODDA HAYVONLAR — hayvonlar kichik dunyosi. Bir hujayrali eukariot hayvonlar. Ko’pchiligining yadrosi bitta, ko’p yadroli turlari ham ko’p. Yadrosining tuzilishi eukariotlarga o’xshash: shakli har xil. Evolyutsiyasi davomida ayrim guruhlarida xromosomalar to’plami yoki ular bir qismi sonining ko’p marta ortishi tufayli poligenlik kelib chiqqan. Infuzoriyalar va ko’pchilik foraminiferalar yadrosi 2 xil (yadro dualizmi): vegetativ (makronukleus) va generativ (mikronukleus) bo’ladi. Eng sodda hayvonlar sistematikasi va filoginiyasi ko’p munozaralarga sabab bo’lgan. Uzoq vaqt ular bitta tipga kiritilib, 5 sinf: sarkodalilar, xivchinlilar, sporalilar, infuzoriyalar, knidosporiyalarga ajratib kelingan. Elektron mikroskop va boshqalar tadqiqot usullarining qo’llanishi, Eng sodda hayvonlar hayot tsikli, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlarini o’rganish ularning bitta umumiy plan asosida tuzilmaganligi va turli guruhlari o’rtasida katta farq bo’lishini ko’rsatdi; ular uchun umumiy bo’lgan eukariotlik, bir hujayralilik, mikroskopik o’lcham eng sodda tuzilish belgisi bo’lolmasligi aniklandi. Hozirgi Eng sodda hayvonlarning bir necha sistematikasi mavjud. Ko’pchilik olimlar ularni kichik dunyo tarzida tan olishib, 5,7 yoki 9 sinfga ajratishadi. Sistematika bo’yicha Xalqaro komitet Eng sodda hayvonlarni 7 tip: sarkomastigoforalar, labirintulalar, apikomplekslar, mikrosporidlar, assetosporalilar, mikrosporidlar, infuzoriyalarga bo’lishni taklif etgan (1980). Bu tasnifni ko’pchilik tan olgan. Eng sodda hayvonlar faunasi kam o’rganilgan; 40000 ga, ayrim ma’lumotlarga ko’ra 70000 ga yaqin turi ma’lum. Deyarli ko’pchiligi mikroskopik o’lchamda, morfologik va fiziologik jihatdan har xil tuzilgan. Ular orasida eng sodda tuzilgan sarkodalilarning doimiy oziqni tutish va harakatlanish organoidlari bo’lmaydi; infuzoriyalar esa eng murakkab tuzilgan. Ayrim parazit Eng sodda hayvonlardan qishloq xo’jalik va o’rmon zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanish maqsadida tadqiqot olib borilmoqda. Ularning bir qancha turlari (amyobalar, infuzoriyalar va boshqalar)dan tsitologik, genetik, biofizik va boshqalar tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Eng sodda hayvonlarning tuproq mikroflorasi bilan o’zaro murakkab ta’siri o’rganilmoqda; ularni nam tuproqda tuproq unumdorligini oshirishi to’trisida taxmin qilinadi. Mineral skeletli dengiz Eng sodda hayvonlari (radiolyariyalar, foraminiferalar) qazilma qoldiqlari cho’kma jinslarni hosil qilishda ka^ta ahamiyatga ega. Hozirgi ohaktosh konlari, asosan, foraminiferalar chig’anog’idan iborat. Radiolyariyalarning mineral (qum) chig’anoqlari qoldiqlaridan sanoatda metallarni silliqlashda, jilvir qog’ozlar tayyorlashda foydalaniladi. Eng sodda hayvonlar to’g’risidagi fan protozoologiya, ya’ni protistologiya deyiladi. Ad..Mavlonov O.. Xurramov Sh.. Norboev Z., Umurtqasizlar zoologiyasi. T.. 2003; Seravin L.N., Prosteyshie …Chto eto takoe?, L.. 1984. Ochil Mavlonov.