TAVFIQ AL-HAKIM
TAVFIQ AL-HAKIM (alhakim Husayn Tavfiq, 1898.9.10, Iskandariya — 1983, Qohira) — Arab yozuvchisi va jamoat arbobi (Misr). Arab tili akademiyasi (Qohira) a’zosi. Qohiradagi Oliy yuridik maktabni tugatgan (1924). Parijda Yevropa xalqlari adabiyoti va san’atini o’rgangan. 1927-34 yillarda Adliya idoralarida tergovchi. 1943 yilgacha Maorif va ta’lim vazirliklarida ishlagan. 1959-60 yilda Misrning YUNESKOdagi vakili. Ijodi asosan mustamlakachilikka qarshi kurash, xotinqizlar ozodligi mavzulariga bag’ishlangan. Tavfiq al-Hakim alh. Arab adabiyotida ijtimoiy turmushni tasvirlovchi birinchi roman (“Ruhning qaytishi”, 1933) muallifi. “Chaqirilmagan mehmon” (1918), “yangi ayol” (1924), “naychi” (1934), “provintsiya tergovchisining xotiralari” (1937), “Shahrizoda” (1934), “Pigmalion” (1942), “qamoqxona hayoti” (1964), “Parmachining taqdiri” (1966) kabi nasriy asarlari mashhur. Adabiyot sohasidagi Misr Davlat mukofoti laureati (1961). Uning “tug’yon” romani (1974) va ayrim hikoyalari o’zbek tilida nashr etilgan.