TAMPERE

TAMPERE, Tammerfors — Finlyandiyaning Janubiy g’arbiy qismidagi shahar, turli balandlikdagi Nasiyarvi va Pyuxyayarvi ko’llarini bog’lab turuvchi Kokemyaenyoki daryosi bo’yida joylashgan. Aholisi 193,1 ming kishi (1999). Iqtisodiy ahamiyati bo’yicha mamlakatda Xelsinkidan keyin 2-o’rinda. Muhim sanoat markazi. Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik, to’qimachilik, tsellyulozaqog’oz, oziq-ovqat sanoati korxonalari; GES, universitetlar, badiiy galereya, muzeylar bor. Shahar haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1405 yilga oid manbalarda uchraydi. 1779 yildan shahar maqomini olgan. 19-asr o’rtalarigacha yirik to’qimachilik markazi bo’lgan. Me’moriy yodgorliklaridan sobor (1902— 07), vokzal binosi va boshqalar saqlangan.