ESSE
ESSE (Fransuzcha — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta bo’lmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub’yektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda bo’ladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo’ladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. O’zbek adabiyotida 20-asrning 70-80-yillaridan Esse yaratila boshlandi.