ESKORT

ESKORT (Fransuzcha) — qo’riqlash (himoyalash) va kuzatish uchun belgilangan kemalar, samolyotlar guruhi, harbiy bo’linma. Dengiz yo’llarida harbiy, transport yoki yordamchi kemalarni kuzatib borish eskadra minonoseslari (esmineslar), soqchi kemalar, suv osti kemalari hamda samolyotlar yordamida amalga oshiriladi. Avtotransportlar va qo’mondoshtarning samolyotlarini kuzatib borish uchun havo Eskortidan foydalaniladi. E’tiborli kishilarni kutib olish va kuzatib borishda, ko’mish marosimlari va boshqalar hollarda faxriy Eskort qo’yiladi.