ESKI ANGOR

ESKI ANGOR, eski Anhor Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qurilgan magistral kanal. Darg’om kanalitn suv oladi. qadimiy kanal, miloddan avvalgi 1-asrda qazilgan va Manas nomi bilan yuritilgan. Dastlabki uzunligi 300 kilometrdan ortiq bo’lgan. 6-8, 8-13-asrlarda, mo’g’ullar istilosi davrida vayron qilingan. Temuriylar davrida tiklangan. So’ntti 4-asr davomida qarovsiz qolgan. 1954 yilda uni rekonstruktsiya qilish boshlanib, 1955 yilda ishga tushirildi. Kanal trassasi Janub G’arb yo’nalishida cho’l yerlardan o’tadi. Umumiy uzunligi 184 kilometr, bosh qismida suv sarfi 45— 48 metr kub/sekund., bosh va oxirgi qismlaridagi balandlik farqi 300 metr. Kanal kam suvli Qashqadaryo havzasini iyul—avgust oylarida Zarafshon daryosining suvi bilan to’yintiradi. Qashqadaryoga Qarshi shahridan yuqoriroqda quyiladi. Kanalga yiliga 550 million metr kubgacha suv olinadi va uning 220-280 million metr kub Qashqadaryoga tashlanadi. 1974 yil 56 kilometrda uning davomi sifatida Sharq yo’nalishida Moskva (hozirgi Mustaqillik) kanali qurildi. Eski Angordan sug’oriladigan Koson tumani etagidagi ekinzorlar pistoli kanalidan mashina yordamida suv olinib, sug’orila boshlandi. Mustaqillik kanalining trassasi Zarafshon tog’tizmasi etaklarini aylanib, 57 soyni dyuker va akveduklar yordamida kesib o’tadi. Trassa ko’tarma (20 m gacha) va qazma (46 metrgacha) o’zandan iborat. Kanal o’zani to’liq beton to’shama bilan qoplangan. Uning suv o’tkazish imkoniyati 60 metr kub/sekund. Kanal 76 kilometrda Chiroqchi shahridan yuqoriroqda Qashqadaryoga suv tashlaydi. Kanalning qurilishi Chiroqchi tumanida 15 ming, Shahrisabz va Yakkabog’ tumanlar etaklaridagi bir necha ming gektar ekinzorlarning suv ta’minotini yaxshiladi. Ziyomiddin Artukmetov.