ERI

ERI — shimoliy Amerikadagi ko’l, Buyuk ko’llar sistemasida. Shim. qismi Kanadaga, Janub AQShga qarashli. Maydoni 25,7 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 64 metr, sathining balandligi 174 metr. Eriga Detroyt daryosi quyilib, undan Niagara daryosi oqib chiqadi. Erini Sentkler daryosi Guron ko’li bilan, Niagara daryosi va Uellend kanali Ontario ko’li bilan birlashtirib turadi. Eri kanal sistemasi orqali Gudzon daryosi bilan bog’langan. Muhim portlari: Tolido, Klivlend, Buffalo, eri (AQSh), Portkolborn (Kanada). Shimol sohillarida milliy bog’lar tashkil etilgan.