EOL JARAYONLAR
EOL JARAYONLAR (yunonlarning shamol xudosi — eol nomidan) — shamol ishi ta’sirida relef hosil qiluvchi jarayonlar. Eol jarayonlar yuzaga kelishi uchun havo quruq, atmosfera yog’inlari miqdori kam, tez-tez kuchli shamollar esib turishi, chang, qum kabi mayda zarrali yotqiziqlar keng tarqalgan va shahrik ma’lum tabiiy sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Shu sababli Eol jarayonlar ko’proq arid iqlimli o’lkalarda, ayniqsa, qumli cho’llarda faol. Shamol qattiq tog’ jinslarini yemiradi, maydalaydi, maydalangan jinslarni uchiradi va boshqalar joylarga olib borib to’playdi. Shamol uchirib ketayotgan qum va mayda tosh zarrachalarining tog’jinslariga urilib, ularning mexanik emirilish jarayoniga korraziya deyiladi. Yemirilish natijasida qattiq tog’ jinslaridan turli shakllar — tosh qo’ziqorinlar, ustunlar, odamtoshlar hosil bo’ladi. Qum to’planib barxanlar, qum tepalari vujudga keladi.