ERGASTERIYALAR

ERGASTERIYALAR (Yunoncha — ishlayman) — Yunoniston, ellinizm davridagi Sharqda, so’ngra Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlari va so’ngra Vizantiyada — hunarmandchilik ustaxonalari. Odatda, Ergasteriyalarda qullar mehnatidan foydalanilgan. Ergasteriyalar egalari gohida o’zlari ham ular bilan ishlashgan, yoxud qullar ustidan nazorat qilib turishgan. Ba’zan Ergasteriyalar qulnazoratchilarga topshirilgan. Yunonistondagi Ergasteriyalar yaxshi tadqiq etilgan. Ularda qullar soni uncha ko’p bo’lmagan: 3-4, 10-12 ta, ba’zan 30 dan oshgan. Faqat miloddan avvalgi 4-asrga kelib 100 ta qul bo’lgan Ergasteriyalar qayd etilgan. Ergasteriyalar hunarmandchilikning barcha sohalarida mavjud edi. Konlar qoshidagi Ergasteriyalarda mehnat og’ir bo’lgan.