EPIDEMIOLOGIYA

EPIDEMIOLOGIYA (epidemiya va …logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infektsion kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalishini o’rganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. Epidemiologiya biologiya, mikrobiologiya, virusologiya, genetika, biokimyo, fizika va boshqalar fanlar bilan chambarchas bog’liq. Umumiy va xususiy Epidemiologiya farqlanadi. Umumiy Epidemiologiya yuqumli kasalliklar tasnifining evolyutsion asoslari, epidemik jarayon, Epidemiologiyaning kategoriya va qonuniyatlarini o’rganadi; xususiy Epidemiologiya har bir yuqumli kasallikning o’ziga xos tarixi, qo’zg’atuvchisi, epidemiologiyasi, infektsiya manbai, yuqish yo’llari va vositalari, unga qarshi kurash va oldini olish usullarini o’rganadi. Epidemiologiya tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda diniy va falsafiy masalalar bilan birga tibbiyotga, xususan, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga va ularning oldini olishga oid fikrlar bitilgan. Ayrim kasalliklarning hayvonlardan yuqishi, shuningdek, bemor bilan muloqotda bo’lganda kasallik yuqishi mumkinligi va uning qo’zg’atuvchisi organizmga turli yo’llar — og’iz, burun va jinsiy a’zolar orqali kirishi o’sha davrdayoq ma’lum bo’lgan. Yuqumli kasalliklarni ilmiy jihatdan asoslashga urinishlar Gippokrat, o’rta asrlarda Roziy, ibn Sino va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan. Abu Ali ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” asarida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar, ularni qo’zg’atuvchi omillar, kasallik alomatlari va ularning oldini olish haqida fikrlar bildirgan. Unda bir qancha xavfli yuqumli kasalliklar (vabo, o’lat, chin chechak, sil va boshqalar)ning ko’zga ko’rinmas qo’zg’atuvchilari va ularning mexanizmi, shuningdek, yuqumli kasalliklarning vujudga kelishida ifloslangan suv, havo kabi tashqi omillar muhim rol o’ynashi haqida ma’lumotlar keltirilgan. ArRoziy chin chechak, ko’kyo’tal kasalliklarini ta’riflab bergan. U o’z asarlarida birinchilardan bo’lib chin chechak kasalligining oldini olish uchun sog’lom kishilarni bemorlarning chechak (pustula) pufakchasidan olingan suyuqlik bilan emlash to’g’risida fikr yuritgan. 17-asrga kelib ingliz vrachi E.D.Jenner chechak kasalligini davolash uchun chechakka qarshi emlash usulini taklif etdi. Frantsuz olimi L. Paster, nemis olimi R. Aoxning yuqumli kasalliklar kelib chiqishida o’ziga xos qo’zg’atuvchi — mikroblarnnt rolini isbotlab bergan kashfiyotlari, immunitet haqidagi ta’limotga ilmiy asos solgan. I.I. Mechnikov va shogirdlarining tadqiqotlari, ilk bor filtrlanuvchi viruslarni tavsiflab bergan D. I.Ivanovskiyning ishlari Epidemiologiyada kata ahamiyatga ega bo’ldi. Tibbiyot va sog’liqni saqlash ishining keyingi taraqqiyoti natijasida Epidemiologiya fani va amaliyotida muhim yutuqlarga erishildi. Ko’p mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda yirik epidemiolog olimlar rahbarligida sanitariyaepidemiologiya xitchati tashkil etildi. O’zbekistonda Epidemiologiyaning rivoji epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar institutshshsh tashkil etilishi, L. M. Isaev, P.F.Borovskiy, T. X.Najmiddinov kabi yirik olimlarning O’zbekistonda bir qancha yuqumli kasalliklarga, jumladan, bezgak, rishta, leyshmanioz, ich terlamaga qarshi qurashishda erishgan muvaffaqiyatlari bilan bog’liq. Shuningdek, o’zbek olimlari A.Z.Zohidov, S.N.Bobojonov, I.Q.Musaboyev va boshqalar Epidemiologiya sohasida olib borgan ishlari bilan sanitariya va epidemiologiya rivojiga salmoqli hissa qo’shdilar. Respublikada yuqumli kasalliklar epidemiologiyasini o’rganish va ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish masalalari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda epidemik kasalliklarning yuzaga kelishi, tarqalishi va yo’qotilishini o’rganuvchi yangi bir yo’nalish — yuqumli bo’lmagan kasalliklar epidemiologiyasi yuzaga keldi. Uning asosiy vazifasi bunday kasalliklarning etiologiyasi va patogeneziga doir ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ularga qarshi profilaktika usullarini ishlab chiqish hamda aholi orasida xavfli o’sma kasalliklari va boshqalar surunkali yuqumli bo’lmagan kasalliklardan yuzaga keluvchi o’lim hollarini kamaytirishdan iborat. Toshkent tibbiyot akademiyasida, shuningdek, O’zbekistondagi mavjud barcha tibbiyot intlarida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Epidemiologiya kafedralari bor. Ad. .Musaboev E.I., Boyjonov A. K., Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va parazitologiya asoslari, T., 2004.