EPIDOT
EPIDOT (Fransuzcha— o’smagan) — orolli silikatlar kenja sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi Sa2[A1,G’e,Mp]3[8YU4] [81207]0(on). Monoklin singoniyada kristallanadi. Prizmatik, ignasimon shaklda bo’lib, donador, nursimon agregatlar hosil qiladi. Rangi pushtisimonzangori, ba’zan malla va pushti. Qattiqligi 6-7; mineral tarkibida temir va marganes salmog’ining oshishi bilan zichligi 3,3 dan 3,5 g/sm3 gacha oshib boradi. Shishadek yaltiroq. Epidot Ohakli skarnlar uchun xos mineral hamda sa ga boy past va o’rtacha trali metamorfik jinslarda uchraydi. Epidotning hosil bo’lishi genetik jihatdan plagioklazlarning albitlanishi bilan bog’liq. Sinonimi: alloxit, beustit, delfinit, orendalit, tallit, esherit va boshqalar yasama tosh sifatida ishlatiladi. Epidot konlari juda ko’p mamlakatlarda bo’lib, shundan Janubiy Uraldagi Kusinsk konida uning kristallari 15 santimetrgacha yetadi. O’zbekistonda Epidot ko’p tarqalgan: Turangli, Langar, Oqtosh, Qo’ytosh, Qo’rg’oshinkon, Chodak konlarida ko’plab uchraydi.