ERGASHEV SHARIF

ERGASHEV SHARIF (1916.1.12 hozirgi Buxoro viloyati Peshku tumani Denov qishlog’i — 1978.15.12) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. Urushgacha kolxozda yashagan. 1943 yildan frontda. 883-o’qchi polki (Markaziy front, 65-armiyaning 193-o’qchi diviziyasi) o’qchisi. 1943 yilda Dnepr daryosi yaqinidagi jangda jasorat ko’rsatgani uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1943). Urushdan so’ng, Yangibozor jamoa xo’jaligi Kengashining raisi bo’lib ishlagan. Yangibozordagi ko’cha va maktab, Buxoro shahridagi ko’cha, Peshku tumanidagi jamoa xo’jaligiga uning nomi berilgan.