ERGASH JUMANBULBUL O’G’LI
ERGASH JUMANBULBUL O’G’LI (1868, hozirgi Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani qo’rg’on qishlog’i — 1937.12.5, Qo’shtamg’ali qishlog’i) — o’zbek xalq shoiri, dostonchi. Dehqondostonchi oilasida tug’ilgan. Uning yetti ota bobosigacha, shuningdek, amaki va momolari dostonchishoir o’tgan (Yodgor, Lafas, Mulla tosh, Mulla Xolmurod, Jumanbulbul, Tilla kampir, Sulton kampir, Jossoq, yorlaqab va boshqalar 17-19-asrlarning taniqli dostonchilari bo’lganlar). Ergash Jumanbulbul o’g’lining ulkan shoir-dostonchi bo’lib yetishuvida oilasi va qishlog’idagi boy adabiy muhit katta rol o’ynagan. Dostonchilik ta’limini otasi Jumanbulbuldan olgan. Asli savodsiz bo’lgan Jumanbulbul o’z o’g’li Ergashning o’qish-o’rganishi, bilim olishiga katta e’tibor bergan. 1884-86 yillarda Buxoro madrasalaridan birida o’qib, fors tilini o’rgangan, Arab tili bilan tanishgan, husnixat mashq qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil, Mashrab, Mahtumquli asarlarini mutolaa etgan. Biroq moddiy qiyinchilik va otasining vafoti (1886) tufayli o’qishni davom ettira olmagan. Qishlog’iga qaytib, mustaqil o’qish, dostonchilikda mahoratini oshirish bilan shug’ullangan, ma’lum muddat maktab ustozi va qaynotasi O’tamurod xatibning yordami bilan dehqonlardan kafsan yig’uvchi bo’lgan. 1887-89 yillarda Ergash Jumanbulbul o’g’li Buxoro amirligiga qarashli Nurota bekligining amlokdorlaridan biri Qo’zibekka Mirza (kotib) bo’lib ishlagan. O’lkada boshlangan qahatchilik, chigirtka va vabo tarqalishi natijasida shoirning yaxshigina dostonchi bo’lib etishayotgan ukalari Abduxalil va Abdujalillar, singillari va farzandlari birinketin vafot etadi. Bunday g’amalam, tashvishda qolgan shoir kuylashni ham tashlab, taxminan 1904-05 yillardan darbadarlikda hayot kechirgan. 1912-22 yillarda Bulung’ur, G’allaorol, Urgut tumanlari, Jizzax va Panjakent atrofidagi qishloqlarda tabiblik, qissaxonlik, she’rxonlik qilib yurgan, ba’zan dostonlar kuylagan. 1923 yilda qishlog’iga qaytgan. 1924 yil Qorakisa qishlog’ida bir xonali maktab ochgan. Ergash Jumanbulbul o’g’li 1925 yil Samarqandga kelgan. 1926-28 yillarda Bulung’ur tumani Qirqshodi qishlog’ida Po’lkan shoir, Fozil Yo’ldosh o’g’li bilan birgalikda yod bilgan dostonlarini yozdirish va o’zi yozib qoddirish bilan shug’ullangan. 1929— 36 yillarda Ergash Jumanbulbul o’g’li o’z qishlog’ida, asosan, dehqonchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lgan, dostonchilikda shogirdlar etishtirishni davom ettirgan. 1936 yilda Toshkentga kelib, 1937 yil aprelgacha folklorshunos H.T. Zarifov uyida yashagan. 1937 yil aprel oxirlarida qishlog’iga qaytib vafot etgan. Ergash Jumanbulbul o’g’lining ijodi, repertuari boy va rang-barang. Shoir “Kuntug’mish”, “Yakka Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “dalli”, “Ravshan”, “Qunduz bilan Yulduz”, “Xushkeldi”, “Xoldorxon”, “Qiz Jibek”, “Go’ro’g’lining tug’ilishi”, “Hasanxon”, “Avazxon”, “Avazning Farangga safari”, “Nurali”, “xiromon” (“Jahongir”), “Alpomish”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Tulumbiy”, “Qironxon”, “Qumri”, “oshiq g’arib”, “Vomiq bilan Uzro”, “Varqa bilan Gulshoh”, “Mahtumquli” kabi 30 ga yaqin dostonlarni, juda ko’p termalarni yod bilgan. Bulardan dastlabki 9 ta Doston, “Oysuluv” dostonining mazmuni, ko’pgina an’anaviy va zamonaviy termalar, o’zidan avval o’tgan baxshilar va dostonchilik san’ati haqida ma’lumotlar Ergash Jumanbulbul o’g’lining o’zidan yozib olingan. Ergash Jumanbulbul o’g’li xalq dostonlarining barcha janrlaridan namunalar bilgan. Dostonlarning g’oyaviyligi, xalqchilligi, badiiy go’zalligi uchun kurashgan. Ergash Jumanbulbul o’g’li an’anaviy Doston va termalarni kuylab kelish bilan birga o’zi ham barakali shkod qilgan. Uning “tarjimai hol” dostoni, “keldim”, “Toshkent ta’rifida”, “qizil”, “Tursunoy”, “Oxunboboev”, “G’ozi Olim”, “Otajon Hoshim”, “shoirlarga rahbar Hodi”, “Eshon”, “asov qizlar”, “bir hafta xo’p bo’dtsi yog’in” kabi termalari e’tiborga molik. Ergash Jumanbulbul o’g’lining merosi keng ravishda o’rganilmoqda: shoir haqida kitoblar nashr etildi, hujjatli film yaratildi. 1972 yil mayda shoir tug’ilgan kunning 100 yilligi keng nishonlandi. Nurota tumani markazida unga byust o’rnatildi. Qo’rg’on qishlog’ida maqbarasi, haykali va uymuzeyi bor. Bundan tashqari, Samarqand shahrida Ergash Jumanbulbul o’g’li, Islom shoir, Po’lkan shoir va Fozil Yo’ldosh o’g’liga kompleks haykal o’rnatilgan. Nurota tumanida bog’, Qo’shrabot tumanida maktab, Toshkent va Samarqand shahrilarida ko’chalar shoir nomi bilan atalgan. As: bulbul taronalari, 1—5 Jildlar, T., 197173; pesni Bulbulya, t. 13, T., 197477. Ad.: Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o’rni, T., 1971. To’ra Mirzaev.